"O‘zbek tili me'yorlari va punktuatsiya" kitobi taqdimoti o'tkazildi


“O‘zbek tili va adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan tayyorlangan “O‘zbek tili me’yorlari: punktuatsiya” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.”

2021-yil 4-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Vazirlar Mahkamasining davlat tilini rivojlantirish  departamenti tashabbusi bilan Fanlar akademiyasining O‘zbek tili va adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan tayyorlangan “O‘zbek tili me’yorlari: punktuatsiya” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu taqdimot kechasiga mehmon sifatida Vazirlar Mahkamasining davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari Abdug‘affor Qirg‘izboyev, “O‘zbek tili me’yorlari” punktuatsiya” kitobining bosh muallifi, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddin Mahmudovlar tashrif buyurishdi. So‘zga chiqqanlar tinish belgilari bilan bog‘liq muammolar va ularni bartaraf qilishda qo‘llanmaning ahamiyati hamda ushbu kitobning imloviy savodxonlikni takomillashtirishdagi o‘rni haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Ma’lumot uchun: Nizomiddin Mahmudov, Abduvahob Madvaliyev, Ne’mat Mahkamov va Dilrabo Andaniyozovalarning samarali mehnati natijasida yaratilgan mazkur amaliy qo‘llanma Vazirlar Mahkamasi huzuridagi o‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Zamin nashr” bosmaxonasida 3000 nusxada chop etildi.