17-sentabr qo'shimcha test sinovlari bo'lib o'tadi


“Imtihonlarda tana harorati yuqori bo'lgani yoki COVID19 bilan zararlangani uchun ishtirok eta olmagan abituriyentlar ertaga test topshiradi”

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020-yil 19-iyundagi 1-son bayoniga muvofiq oliy ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilidigan hududga kirishda tana harorati 37⁰ C dan yuqori bo‘lgan abituriyentlarni kiritmasdan, ular uchun test sinovlari to‘liq yakunlangandan keyin to‘rtinchi kuni test sinovlarini o‘tkazish belgilangan.

 

Davlat komissiyasining 2020-yil 13-sentabrdagi 4-son bayonida joriy yil 2-13-sentabr kunlari o‘tkazilgan test sinovlarida hududga kirishda tana harorati 37⁰ C dan yuqori bo‘lgan hamda test sinovi o‘tkaziladigan kunda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan abituriyentlar uchun test sinovlarini 2020-yil 17-sentabr kuni tashkil etish belgilangan.

 

Mazkur abituriyentlar uchun test sinovlari 2020-yil 17-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 8:00 dan 11:00 ga qadar, Toshkent shahrida Yunusobod tumanidagi Botanika bog‘ida 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

 

Abituriyentlardan test sinovlariga kechikmasdan, belgilangan vaqtda kamida 1 soat oldin, shaxsiy pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelish so‘raladi.

 

Manba: www.dtm.uz