Qo'shma dastur asosida magistratura ta`limi boshlandi


“5A611501-Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (ingliz tili) yo’nalishi Turkiyaning Hoji Bayram Vali universiteti bilan hamkorlikda ochilgan.”

5A611501-Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (ingliz tili) yo’nalishi Turkiyaning Hoji Bayram Vali universiteti bilan hamkorlikda ochilgan. Ushbu yoʻnalishda tahsil olayotgan magistratura talabalari 1-semestrni Turkiya universitetda muvaffaqiyatli yakunlashdi.  
Endilikda ushbu talabalar tahsilni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida davom ettirishmoqda.  Magistrant talabalarga ta’lim turk-ingliz tillarida olib borilmoqda. Ularga universitetning yetuk professor-o’qituvchilari: tarix fanlari nomzodi, dotsent B. Irzayev, universitet katta o’qituvchisi Sh.Mustanova,  Canadadan taklif qilingan professor, PhD N.Isamukhamedova, f.f.d. dotsent  N. Normurodovalar dars berishadi.