So'rovnoma. Hammaning fikri muhim!


“Qadrli ota-onalar va talabalar!”

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini an’anaviy yoki masofaviy shaklda davom ettirish maqsadida talabalar va ularning ota-ona(vasiy)lari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilmoqda. Sizning savollarga obyektiv javob berishingiz o‘quv jarayonini an’anaviy yoki masofaviy shaklda davom ettirish masalasiga oydinlik kiritib berishda yordam beradi. So‘rovnoma anonim tarzda o‘tkaziladi, unda respondentning ism-sharifi ko‘rsatilmaydi. So‘rovnoma joriy yilning 20-oktabr kuni soat 23:59ga qadar o‘tkaziladi. Sizdan mazkur so‘rovnomada faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz. Sizga so‘rovnomadagi ishtirokingiz uchun avvaldan minnatdorchilik bildiramiz. So‘rovnomaga o‘tish uchun quyidagi havolini bosing