Oliy ta'limni takomillashtirishda Birlashgan Arab Amirliklari va O'zbekiston Respublikasi o'rtasidagi strategik hamkorlik


“Mazkur seminarda yurtimizda mavjud barcha oliy ta'lim muassasalari vakillari ishtirok etishdi. Seminarda BAA ta'lim vazirligi mutasaddilari, Rabdana akademiyasi, Abu-Dabi va Zaida universitetlarining yetakchi professorlari tomonidan maxsus trening mashg‘u”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2019 yil 24 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish maqsadida Birlashgan Arab Amirliklarining moliyaviy va texnik yordamini jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi F-5480-son Farmoyishi bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da qayd etilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 17-19 oktyabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida  O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tashabbusi bilan Birlashgan Arab Amirliklarining ta'lim sohasidagi bir guruh mutaxassislari tomonidan seminar tashkil etildi. Seminarni O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta'limi vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov ochib berdi.

Xususan, oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish, oliy ta'lim  muassasalarini akkreditatsiyalash, oliy ta'limda innovatsion va tadbirkorlikka yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarini joriy etish singari guruhlarda mazkur sohaga oid ko‘plab savollar o‘z javobini topdi.

O‘z navbatida barcha xorijlik mehmonlar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti misolida yurtimiz OTMlarida yoshlarga yaratilgan sharoitlar, talabalarning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqi va zamonaviy ta'lim shakllarining o‘zbek milliy pedagogikasi bilan uyg‘unligi haqida umumiy tasavvurga ega bo‘ldilar.