“The Chance” respublika yoshlari forumi o‘tkazildi


“Mamlakatimizda yoshlarga bo‘lgan e'tibor kundan-kunga kuchaymoqda. Ayniqsa, bugungi – milliy tiklanishdan milliy yuksalish bosqichiga o‘tish davrida davlat siyosati, butun xalqimizning diqqat-e'tibori yoshlarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashga ”

Davlatimiz rahbarining jiddiy  e'tibori bilan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularni  innovatsion fikrlash va zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan o‘z iqtidorlarini rivojlantirishda unumli foylalanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni yetuk mutaxassislar qilib tarbiyalash , bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus bu boradagi faoliyat uchun dasturilamal bo‘ldi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti jamoasi millat va ma'naviyat universiteti degan ta'rifga munosib tarzda yoshlarning mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarida  faol qatnashishi, ularning intellektual, ma'naviy – axloqiy  salohiyatini ko‘tarish alohida e'tibor qaratmoqda.   Xususan, universitetda mustaqil talabalar uyushmasi tashkil etilib, uning zimmasiga tengqur yoshlarning faolligini, siyosiy ongini oshirish, manaviy-axloqiy fazilatlarni targ‘ib etish, sog‘lom e'tikodni shakllantirish va yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan  besh muhim tashabbusni keng targ‘ib etish kabi bir qator vazifalar qo‘yilgan. Mazkur talabalar uyushmasi o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra mamlakatimizda ilk marta ta'sis etilgan yangicha tuzilmadir. Uning kelajakda mamlakatimiz ma'naviy-ma'rifiy, ijtimoiy-siyosiy hayotida munosib o‘rinni egallashiga umid bildirilmoqda. Mazkur uyushma a'zolari tashabbusi bilan joriy yilning 10-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “The Chance” respublika yoshlari forumi o‘tkazildi. Mazkur forum yurtimizning turli oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarni kelajak maqsadlar yo‘lida birlashtirishga yo‘naltirilgan. Ushbu anjuman bugungi kunda yoshlar uchun dolzarb bo‘lgan sakkiz yo‘nalishni qamrab olgan bo‘lib, ular biznes startap, muxtasarlik (minimalizm), axborot texnologiyalari, moddiy  va ma'naviy yuksalish, kitob o‘qish va uqish san'ati, bestseller kitob yozish, ijtimoiy reklama va professional fotograflik, blogerlik, shaxs kamoloti va uni  rivojlantirish kabi sho‘balardan iborat. Har bir yo‘nalishda forum ishtirokchilari o‘z sohasi bo‘yicha ma'lum yutuqlarni qo‘lga kiritgan, barchaga o‘rnak bo‘la oladigan ekspertlarning treninglarida qatnashishdi.

Bu  forum yoshlarga o‘z iqtidorlarini namoyish etish, o‘zlarining kuchli jihatlarini aniqlash va kamchiliklari ustida ishlash IMKONini berdi. Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar maxsus sertifikat va bir olam taassurotlarga ega bo‘ldilar.