X

ToshDO'TAU ustozlari davlat mukofotlariga sazovor bo'ldi


“Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan fan, ta'lim, adabiyot, madaniyat va ommaviy axborot vositalari sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmonga imzo chekdi.”

     Farmon bilan, mustaqillikni mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi, yorqin iste'dodi, serqirra ijodi, ilmiy-innovatsion faoliyati bilan mamlakat ilm-fani, madaniyati va san'atini rivojlantirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida har tomonlama barkamol etib tarbiyalash yo‘lidagi samarali xizmatlari hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun 15 kishi faxriy unvonlar bilan taqdirlandi.  Ushbu yuksak mukofotga sazovor bo'lganlar orasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi mudiri, minglab  talabalarning  sevimli ustozi Karimov Bahodir Nurmetovich ham bor. Davlat rahbari filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karimovni “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi” faxriy unvoni bilan mukofotladi.
     Shuningdek, yana 151 kishi xalqimizning ilmiy-intellektual salohiyati va ma'naviyatini yuksaltirish, ta'lim, madaniyat, adabiyot, san'at, jismoniy tarbiya va sport sohalarini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, yurtimiz taraqqiyoti, tinchligi va ijtimoiy-ma'naviy barqarorligini ta'minlashga qo‘shgan munosib hissasi hamda jamoatchilik ishlaridagi ko‘p yillik samarali ishtiroki uchun mukofotlandi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti yetakchi ilmiy xodimi, akademik To'ra Mirzayev ham "Fidokorona mehnatlari uchun" ordeniga sazovor bo'ldi.
     Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU jamoasi jonkuyar ustozlarni ushbu  e'tibor va rag'bat  bilan  muborakbod etadi.