ToshDO'TAUning uch nafar talabasi "Yoshlar parlamenti" deputati bo'lishdi


“Bu yil ilk marotaba Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzurida Yoshlar parlamenti tashkil etildi. Unga Respublikamizning barcha shahar va tumanlaridan bir nafardan nomzodlar saylandi. Saylov jarayonlarida yoshlar faolligi, erishgan yutuqlari, siyosiy-huquq”

Yoshlar parlamenti deputatlari endilikda 2 yil davomida o'z hududlari yoshlarining ishonchli vakili hisoblanib,  ular hayotidagi muammolarni o'rganish, qonunchilikka takliflar berish, Qonunchilik palatasi majlislarida ishtirok etish va yana ko'plab huquqlarga ega hisoblanadi.

Bizning universitetdan uch nafar talaba Yoshlar parlamenti deputati maqomiga ega bo'ldi. Ular bilan tanishing:

 

To'raboyeva Mahliyo Ozod qizi - O'zbek filologiyasi fakulteti, 306-guruh talabasi (O'zLiDeP, Toshkent shahri).

Ortiqaliyeva Go'zalxon Mashrabjon qizi - O'zbek filologiyasi fakulteti, 202-guruh talabasi ("Adolat" SDP, Sirdaryo viloyati).

No'monova Zulfira Iqboljon qizi  - Adabiyotshunoslik yo'nalishi, 1-bosqich magistri (O'zMTDP, Andijon viloyati).

 

Faol talabalarimizni ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz va mas'uliyatli vazifalarida omad va zafarlar tilab qolamiz.