Tanishtiruv darslari: to'rtinchi kun ham samarali o'tdi


“ToshDO'TAUning barcha fakultetlarida tanishtiruv mashg'ulotlarining keyingi kunlari ham qizg‘in davom etmoqda. ”

To'rtinchi kunda ham talabalar karantin qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda kutib olindi. Auditoriyalarda ham ijtimoiy masofa saqlangan holda dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Ilk o‘qish kunida talabalarga institut moddiy texnik bazasi, ta’lim resurslari va ulardan foydalanish haqida tushunchalar berilgan bo‘lsa, endilikda unga yangicha zamonaviy bilimlar, soha sir-asrorlari ulashilmoqda. Shuningdek, talabalar bilan muntazam aloqani o‘rnatish masofaviy ta’lim davrida ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida doimiy aloqalar o'rnatilmoqda. Barcha elektron ta'lim portallaridan foydalanish yo'l-yo'riqlari o'rgatilmoqda.