ToshDO‘TAUda magistratura imtihonlari start oldi


“Bugun, 8-sentabrdan boshlab magistratura yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kirish imtihonlari boshlandi. Abituriyentlar respublika bo‘ylab, jami 13 ta hududdagi 19 binoda onlayn test topshirmoqdalar.”

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUda ham turli magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlar boshlandi. Barcha karantin talablariga to‘liq rioya qilgan holda, jarayonlarning tartibli va adolatli o‘tishi ta’minlanmoqda.  Bugunning o‘zida 3 smenada 300ga yaqin  yoshlar imtihon topshirishdi. Universitet tomonidan ular uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Shuningdek,  jarayonlar Oliy va o‘rta maxsus  vazirligi tomonidan onlayn kuzatib borilmoqda.
Magistratura abituriyentlari test sinovlariga faqat fuqarolik pasporti va  imtihonda qatnashish uchun  maxsus ruxsatnoma bilan kiritilmoqda.  Ruxsatnomani http://magistr.edu.uz  va http://ruxsatnoma.edu.uz/   manzili orqali yuklab olish imkoniyati yaratilgan.
Magistratura imtihonlari yana 12 kun, ya’ni sentabr oyining 20-sanasiga qadar davom etadi.