Imkoniyatdan unumli foydalanishingizga ishonamiz!


“Xotin-qizlar uchun e'lon qilingan grant sohiblari ro'yxati e'lon qilindi.”

Hukumat qarori (402-son, 23.06.2020 y.) bilan Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan endi. Bundan juda ko'pchilik xabardor.

Nizomga muvofiq, bunday tavsiyanomalar quyidagi mezonlardan biri asosida berilishi ko'zda tutilgan edi: 

>

  1. Kam ta’minlangan oiladan chiqqan xotin-qizlar;


  to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni ota yoki onasi vafot etgan xotin-qizlar;

2.  14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolg‘iz ayol (erkak)larning qizlari;

3.Shaxsiy uy-joyga ega bo‘lmagan, ijarada yashayotgan oilalar;

4. Ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo‘lgan va ish qidiruvchi shaxs sifatida aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida hisobda turganlar;

5.Nogironligi bo‘lgan farzandi bor oilalardan chiqqan xotin-qizlar;

6. Oliy ma’lumotli xotin-qizlar bilan qamrab olish darajasi respublikaning o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan ikki yoki undan ortiq marotaba past bo‘lgan tumanlar, shuningdek, olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda yashovchi oilalardagi qiz farzandlar (ularni o‘z hududida 3 yil ishlash sharti bilan).

 Ishchi guruh tomonidan saralab olinib, qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari uchun tanlovda ishtirok etishga tavsiya etilgan xotin-qizlarning ro‘yxati e'lon qilindi.

Unga ko'ra, Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU ga Respublika bo'ylab, jami 29 nafar xotin-qiz o'qishga qabul qilindi.

Bu imkoniyat  jamiyat gultoji - ayolga hurmat, uning orzu-intilishlariga rag'batdir.  Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU Matbuot xizmati talabalik maqomiga sazovor bo'lgan barcha xotin-qizlarni qutlaydi!  Mamlakat ishonchini oqlashingizga, yurt koriga yaraydigan yetuk kadr bo'lishingizga, sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalashingizga, ilmning eng yuqori cho'qqilarini egallashingizga ishonamiz!

Quyida pdf faylda Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAUga 4%lik qo'shimcha grant asosida qabul qilingan xotin-qizlar ro'yxatini taqdim etamiz.

Qo'shimcha grant asosida qabul qilingan xotin-qizlar ro'yxati(pdf)