Yana bir xalqaro hamkorlik yo'lga qo'yiladi.


“Doktor Sait Yusufni ToshOʻTAU prorektori S.Normamatov hamda ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash boʻlimi boshligʻi N. Joʻraqo'ziyev kutib oldi.”

17-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va adabiyoti universitetiga Turkiya madaniyat va turizm vazirligining Chet eldagi Turklar va Qardosh xalqlar ishlari departamenti (YTB) boshligʻi yordamchisi Sait Yusuf tashrif buyurdi. Doktor Sait Yusufni  ToshOʻTAU prorektori S.Normamatov hamda  ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash boʻlimi boshligʻi N. Joʻraqo'ziyev kutib oldi. Muzokarada asosan bugungi ikki davlat oliy o'quv yurtlari hamda  tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlik masalalari keng muhokama etildi. Jumladan doktor Sait Yusuf Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida talabalar almashish, oʻqituvchilarni oʻzaro davlatlarda malaka oshirishini taʼminlash, bakalavr,  magistr va tadqiqotchilarni Turkiyaga yuborish uchun qulay shart-sharoitlar haqida gapirdi hamda ular qaysi shartlar asosida Turkiyada taʼlim olishi mumkinligini tushuntirib oʻtdi.  Ushbu muzokalar asosida ikki tashkilot kelgusida  hamkorlik qilishga kelishib olindi. 
Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU Matbuot xizmati