Yangi magistratura yo'nalishi: Kompyuter lingvistikasi


“Butun dunyoda kechayotgan integratsiya va globallashuv jarayonida ona tilimizni dunyoviy tillar darajasiga olib chiqish hayotiy zaruratlardan biri bo‘lib qoldi. Ushbu katta, mas'uliyatli, o‘ta muhim maqsadni amalga oshirishda kompyuter texnologiyalariga, ”

         Sababi, aynan kompyuter lingvistikasi o‘zbek tilining dunyo miqyosiga olib chiqilishi, xalqaro tillardan biriga aylanishi, uni o‘rganish va o‘rgatish ishlarining takomillashuvi uchun  imkoniyat yaratadi.

Shularni inobatga olgan holda, bu yildan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida "5A120106 - Kompyuter lingvistikasi" magistratura mutaxassisligi ochildi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalariga kirib borgan matematik usullar, kompyuter texnologiyalari filologiyada ham qo‘llanila boshlandi. Chunki rivojlanish va taraqqiyotning talabi shunday.

Yangi dasturning maqsadi kompyuter lingvistikasining mashinali taʼlim, avtomatik lingvistik annotatsiyalash, matnning sintaktik va semantik tahlili singari metodlardan keng foydalanishga asoslangan texnologiyalar hamda yangi lingvistik tadqiqot metodlarini ishlab chiqish singari vazifalarni bajara oladigan mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Shuningdek, ovozli nutqni va tabiiy tildagi yozma matnlarni avtomatik qayta ishlashni nazarda tutuvchi elektron tizimlar uchun turlicha moʼljallangan (matnlar korpusi va ovozli nutq, lugʼatlar, ontologiyalar, maʼlumotlar bazalari) lingvistik taʼminotni ishlab chiqarish faoliyati amalga oshiriladi.

Mazkur magistratura dasturi nutqni tanish va sintezlash, mashina tarjimasi, matnning tushunish va semantik tahlil, intellektual qidiruv singari tabiiy tilni qayta ishlash vazifalariga mos keluvchi til sistemasining operatsion formal modellarini yaratish metodlariga urgʼu bergan holda lingvistikaning fundamental asoslarini chuqur oʼrganishga asoslangan.

Dastur bitiruvchilari oʼz kasbiy faoliyatlarini  zamonaviy kompyuter metodlari sohasida chuqur bilimlarni egallagan professional lingvistlar (tilshunoslar) sifatida, shuningdek, ayni vaqtda tabiiy tillarning avtomatik tahlili vazifalari, kompyuter leksikografiya vazifalari va boshqalar uchun til modellari va resusrlarini tayyorlash,  qoʼllash sohasidagi mutaxassislar sifatida davom ettiradilar. Dastur bitiruvchilari OTMlarda, ilmiy-tadqiqot institutlarida, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi  va internet-kompaniyalarda faoliyat yuritishlari mumkin.

"Kompyuter lingvistikasi" magistratura dasturida ta'lim olishni istagan yoshlar mutaxassislik fani  hamda chet tilidan imtihon topshiradilar. Shuningdek, oliy ta'lim muassasasi bitiruvchisining umumiy o'zlashtirish ko'rsatkichi, xalqaro tan olingan chet tilini bilish darajasi to'g'risidagi sertifikatlar (TOEFL - 72, IELTS - 5,5, TestDaF, CEFR - B2)  ham hisobga olinadi.

Ushbu sohada o'z kelajagini ko'ra olgan, O'zbekistonda kompyuter lingvistikasi rivojiga munosib hissa qo'shishni istagan barcha yosh izlanuvchilarni  aynan shu yo'nalishda ta'limni davom ettirishga chorlaymiz.