Yurtga muhabbati misralarda namoyon


“Xalq dardini baralla aytgan, yurt muhabbatini hech kimga oʻxshamagan misralarda taʼriflagan shoir, qoʻshiqlari bilan tanilgan ijodkor – Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufdir.”

Xalq dardini baralla aytgan, yurt muhabbatini hech kimga oʻxshamagan misralarda taʼriflagan shoir, qoʻshiqlari bilan tanilgan ijodkor – Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufdir.
Joriy yilning 26-aprel sanasida Toshkent davlat toʻqimachilik va yengil sanoat institutida shoir Muhammad Yusuf tavalludining 67 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. Uchrashuvda institut professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etishdi. 
Unda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti “Oʻzbek adabiyoti tarixi va folklor” kafedrasi dotsenti Akram Dehqonov soʻzga chiqib, shoirning milliy adabiyotimiz va madaniyatimizni, xalqimiz maʼnaviyati, ong-u tafakkurini yuksaltirish, yosh avlod qalbida oʻzlikni anglash, milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini kamol toptirish borasidagi ijodi tahsinga sazovorligini ta’kidladi.
Tadbir yakunida qatnashchilar shoirning ijodidan she’rlar oʻqib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi hamda bunday ijodiy uchrashuvlar davomiy boʻlishini soʻrab qolishdi.