Amaliy filologiya: birinchi kurs maktabi


“Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universtitetiga tavsiya qilingan 1-kurs talabalari bilan tanishtiruv darslari boʻlib oʻtmoqda. ”

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universtitetiga tavsiya qilingan 1-kurs talabalari bilan tanishtiruv darslari, kredit-modul tizimiga kirish darslari, 2021-yil Oʻzbekiston respublikasi Prezidenti saylovi munosabati bilan “Saylov tizimida yoshlarning oʻrni” mavzusidagi darslar boʻlib oʻtmoqda.  
Ana shunday tanishtiruv darslaridan biri Amaliy filologiya fakultetining 1-kurs talabalari uchun  boʻlib oʻtdi.  Amaliy filologiya fakulteti Amaliy filologiya kafedrasi dotsenti Muyassar Saparniyozova talabalarni oʻquv jarayonlari, universitetning odob-axloq qoidalari bilan tanishtirdi. Talabalar har bir boʻlim bilan bevosita tanishishga muvaffaq boʻldilar. Avvalgi yillarda ushbu faoliyat guruh murabbiylari  zimmasida edi. Yangi oʻquv yilidan joriy etiladigan tyutorlik tizimi murabbiylik tizimining oʻrniga joriy etilmoqda.  Bu tizim avvalgi tizimni yanada kuchaytiradi hamda  talabalarning maʼnaviy qiyofasi bilan birgalikda oʻquv, ilmiy salohiyatini ham oshirishga alohida eʼtibor qaratadi.
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU Matbuot xizmati