Magistratura imtihonlari kunlari aniq bo'ldi


“Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'z rasmiy manbalarida magistraturaga kirish imtihonlari sanasini e'lon qildi.”


Magistratura abituriyentlari diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 3-son majlisi bayoni qaroriga muvofiq 2020/2021-o‘quv yili qabulida respublika oliy ta'lim muassasalarining magistraturasiga kirish imtihonlari karantin talablariga qat'iy rioya qilingan holda 2020-yil 8-20-sentyabr kunlari bo'lib o'tadi.

Imtihonlar test sinovi tarzida onlayn o'tkaziladi. Ya'ni siz hujjat topshirgan OTMda kompyuterda test topshirasiz. magistr.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetingizdan tez orada imtihonga kirish ruhsatnomalarini ham olishingiz mumkin bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida o'zbek tili va adabiyoti, oliy adabiyot, adabiyotshunoslik, lingvistika, folklorshunoslik va dialektologiya, kompyuter lingvistikasi, sinxron tarjima, matnshunoslik va adabiy manbashunoslik kabi magistratura yo'nalishlariga jami 100 nafar yoshlarni qabul qilish rejalashtirilgan.


Alisher Navoiy nomidagi
ToshDO'TAU Matbuot xizmati

https://t.me/prTSUULL