Rektor va talabalar: masofaviy ta’lim, yangi o’quv yili, kontrakt va imtiyozlar


“Kuni kecha Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov universitet talabalari bilan onlayn suhbat o’tkazdi. ”

Suhbat davomida yangi o’quv yiliga tayyorgarlik, masofaviy darslarning  sifati, ta’limda kredit-modul tizimining mohiyati, yangi o’quv yilida talabalarga va universitet o’qituvchilariga qo’yilayotgan talablar haqida batafsil so’zlashildi. O’tgan semestrda yo’l qo’yilgan kamchiliklar va yutuqlar tahlil qilindi. Masofaviy ta’lim o’qituvchini ham, talabalarni ham o’z ustida ko’proq ishlashga undayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, talabalar ham o’zlarining savol va takliflari bilan murojaat  qilishdi. Nomdor stipendiyalar, kontraktlar, sharoiti o’ta og’ir talabalarga moddiy yordam berilishiga oid barcha murojaatlar ijobiy hal qilindi, talabalarga ko’plab yengilliklar yaratilishi, xususan, ilmga chanqoq talabalar uchun ma’lum muddatga universitet tomonidan kompyuterlar ajratilishi  aytildi.   Ushbu uchrashuv yangi o’quv yili oldidan talabalarning ham fikrlari eshitilishiga, xohish-istaklari inobatga  olinishiga  turtki bo’ldi.