Talabalar uchun: oddiy va oshirilgan to'lov kontraktlari, an'anaviy ta'lim qachon boshlanishi haqida.


“Albatta, o'qib chiqing!”

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining bayoni qaroriga muvofiq:

2020/2021-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga to‘lov- kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2020- yilning 1-noyabri etib belgilangan.

Oliy taʼlim muassasalarining talabalariga kamida 2-semestrgacha (fevralgacha) anʼanaviy taʼlimni boshlash rejalashtirilmagan!

Bizga talabalar tomonidan anʼanaviy taʼlim qachondan boshlanishi haqida koʻplab savollar keladi. Bu boʻyicha vazirlik biror joyda tayinli maʼlumot bermagan. Shundan soʻng, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidagi manbalarimiz bilan bogʻlandik va ushbu savollarga aniqlik kiritishga harakat qildik.

Maʼlum qilinishicha, kamida 2-semestrgacha oliy taʼlim muassasalari anʼanaviy taʼlimga qaytmaydi. Vazirlik rejasiga koʻra, talabalar joriy semestrni masofaviy (onlayn) shaklda boshlab, shu shaklda yakunlaydilar. Bundan tashqari, 2-semestrdan (fevraldan) ham anʼanaviy taʼlim aniq boshlanadi, deb ham maʼlumot bera olmasliklari aytildi. Negaki 2-semestr ham masofaviy (onlayn) shaklda davom etish ehtimoli mavjud ekan. 

Shu oʻrinda qoʻshimcha qilinishicha, bu rejalar “yuqoridan” keladigan topshiriqlardan kelib chiqib mutlaqo oʻzgarib ketishi ham mumkin. 

- Super-kontrakt har yili to‘lanadimi yoki bir marta?

Bir marta to‘lanadi. 1-o‘quv yilini tugatgandan so‘ng keyingi yillarda hamma qatori oddiy kontraktni to‘lab o‘qishadi.

— Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lasa bo‘ladimi?

 O‘tgan yili super-kontraktni yil davomida ikkiga bo‘lib yoki hattoki oylarga bo‘lib to‘lash imkoniyati ham berilgan edi. Joriy yilda ham berilsa kerak.

— Super-kontrakt uchun ta’lim krediti olsa bo‘ladimi?

Yo‘q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berish amaldagi qonunchilikda belgilanmagan. Lekin banklar bozor narxlarida o‘z kreditlarini taklif etishi mumkin.

— Magistraturada ham qo‘shimcha qabul bormi?

 Ha, bor. Faqat magistraturada bakalavrga o‘xshab tabaqalashtirilgan qimmat kontrakt to‘lanmaydi, oddiy kontrakt narxi qancha bo‘lsa, qo‘shimcha qabul qilingan magistrlar ham shuncha to‘lashadi.

Diqqat, yana bir muhim yangilik:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi PQ-4359-son qaroriga muvofiq 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori oliy ta’lim muassasasining salohiyati va hududiy joylashuvi, shuningdek abituriyentlarning oliy ta’limga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan (“superkontrakt”) to‘lov-kontrakt qiymatining Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan minimal baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda OTM TOMONIDAN MUSTAQIL belgilanishi ko‘rsatilgan.

Masalan, “Moliya” yo‘nalishi bo‘yicha oshirilgan kontrakt bazaviy miqdorning 15 barobari etib belgilangan bo‘lsa, Toshkent moliya instituti mazkur ko‘rsatkichni 17 barobar etib belgilashi, Termiz davlat universiteti esa o‘zgartirmasligi mumkin edi.

Mazkur tartib o‘tgan yilgi qabulda amaliyotga joriy etilgan.

Pandemiya sharoitidan kelib chiqib, Davlat komissiyasi tomonidan 2020/2021 o‘quv yili qabuli uchun istisno tariqasida oliy ta’lim muassasalari tomonidan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari Davlat komissiyasi tomonidan TASDIQLANGAN tabaqalashtirilgan ("superkontrakt") to‘lov-kontraktning minimal mikdorlaridan OSHIRILMAYDI! 


Quyidagi o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan OTMlar bundan mustasno, mazkur OTMlar superkontrakt miqdorini oshirish huquqiga ega:  UrDU, SamDChTI, SamISI, TDYuU, TDIU, TMI, TDSHU, ToshFarmI, O‘zDJTU, TTYMI - hozirgi Transport universiteti.

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining bayoni qaroriga muvofiq:

 Respublika oliy ta’lim muassasalariga bakalavriatiga qabul bo‘yicha davlat grantining minimal o‘tish bali – 68,0 ball (maksimal 189 ballning 36%), to‘lov-kontraktning minimal o‘tish bali 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30%) etib belgilangan.

2020/2021-o‘quv yilidan boshlab
 respublika oliy ta’lim muassasalariga iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan va tegishli tavsiyanoma bilan suhbat asosida qabul qilinganlar uchun to‘lov- kontrakt miqdorlari mos ravishda har yili amalda belgilanadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va shakli bo‘yicha bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati mikdorlariga nisbatan 2 baravarida (har o‘quv yili uchun) belgilangan.

2020/2021-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga to‘lov- kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2020-yilning 1-noyabri etib belgilangan.


Yoshlar o‘qishi uchun qulay imkoniyat yaratish maqsadida, istisno tariqasida:

TALABALIKKA TAVSIYA ETILMAGAN BAKALAVRIAT ABITURIENTLARIGA ro‘yxatdan o‘tish mobaynida tanlagan ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi yoki beshinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tabaqalashtirilgan ("SUPERKONTRAKT") to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga ruxsat berildi.

Bunda, oliy ta’lim muassasalari tomonidan talabalikka qabul qilish tanlov bo‘yicha birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilingan test sinovlari natijalariga ko‘ra, abituriyentlarning to‘plagan balini asos sifatida qabul qilib, murojaat etgan abituriyentlarning arizalariga muvofiq, to‘plagan ballari qat’iy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi.