Tayinlov


“Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi direktori etib, Mirzayeva Zulxumor Inomovna tayinlandi. ”

Zulxumor Mirzayeva  - 1976-yil Farg'ona viloyatida tavallud topgan. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O'ZMU)ning o'zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.

2008-2014-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Til va adabiyot ilmiy tekshirish institutining katta ilmiy xodimi, 2016-yildan  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri va dotsenti lavozimlarida faoliyat yuritgan.

    1 ta darslik, 3 ta monografiya, 1 ta risola, 2 ta o'quv qo'llanma, 1 ta uslubiy qo'llanma va 150 dan ortiq ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalar muallifi.