Xalqaro konferensiya: O'zbek tilini dunyo miqyosida keng targ'ib qilish bo'yicha hamkorlik istiqbollari


“Barcha o'qituvchilar va tadqiqotchilarni ishtirok etishga chorlaymiz.”

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Alisher Navoiy  nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar  akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamkorlikda 2020-yilning 19-oktabr kuni O‘zbekistonning Toshkent shahrida “O‘zbek tilini dunyo miqyosida keng targ‘ib qilish  bo‘yicha hamkorlik istiqbollari” mavzusida o‘tkaziladigan Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga taklif etadi.

Ilmiy-amaliy anjumanning maqsad va vazifalari: o‘zbek tilining xalqaro maydondagi nufuzini oshirish; uning boshqa turkiy tillar bilan o‘zaro aloqalarini o‘rganish va rivojlantirish; turkologiya sohasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlardan ilmiy jamoatchilikni xabardor qilish; turkiy tillar taraqqiyoti, bugungi holati, rivojlanishi va muammolarini o‘rganish; o‘zbek tili va turkiy tillar tarixi; lug‘atshunoslik, atamashunoslik, tarixiy-qiyosiy lingvistika masalalarini dunyo turkologlarini jalb qilgan holda tahlil qilishdan iborat.

Anjuman quyidagi sho‘balar bo‘yicha ish olib boradi:


1. O‘zbek tilshunosligining nazariy masalalari.


2. Til tarixi va turkiy manbalar.


3.Madaniyatlararo muloqot va o‘zbek tili taraqqiyoti.


4.Globallashuv va hozirgi turkiy tillar.


5.Amaliy tilshunoslik va lingvodidaktika muammolari.


 

Anjumanda amal qiluvchi tillar: o‘zbek, ingliz va barcha turkiy tillar


Anjumanda ishtirok etish shakli:


Anjuman zoom dasturi orqali tashkil qilinadi.


Tashkiliy qo‘mita maqola va tezislarni tahrir qilish huquqiga ega.


Anjuman talablari asosida tayyorlangan maqolalar to‘plam holida nashr etiladi.


Ekspertlar xulosasiga ko‘ra talabga  javob bermaydigan materiallar qabul qilinmaydi.


Anjumanda ishtirok etish uchun quyidagilarga e’tibor qaratilishi lozim:


Maqolalar 2020-yilning 10-oktabriga qadar tashkiliy qo‘mitaning elektron manziliga (umrzoqova@navoiy-uni.uz) talabnomada ishtirokchining anjumanga taqdim etayotgan ma’ruza nomi, ma’ruza matni va ishtirok etish shakli hamda sho‘basi aniq ko‘rsatilgan holda yuborilishi lozim.


Ma’lumot uchun telefon: +998712815069.


Xalqaro konferensiya axborot xatini yuklab oling(pdf).