X

AKADEMIK FAOLIYAT

AKADEMIK FAOLIYAT

Universitetning akademik faoliyati Respublika ijtimoiy-gumanitar, pedagogika, xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonining asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi.  O‘quv ishlari mohiyati uning kundalik tezkor masalalarni hal qilishda, shuningdek kafedralar, fakultetlar, tegishli bo‘limlari ishini muvofiqlashtirishda ham aniq, muayyan tizimga rioya qilinishini, bu o‘z navbatida professor-o‘qituvchilar tarkibining pedagogik mahoratini, barcha turdagi o‘quv mashg‘ulotlari va amaliyot o‘tkazilishini doimiy takomillashtirish, o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish, o‘quv laboratoriya bazasini rivojlantirish va yangilash, axborot-resurs fondini yangilash va to‘ldirib borishni ko‘zda tutadi. O‘quv jarayonining umumiy tuzilishi universitet Ilmiy Kengashi tomonidan tasdiqlangan ishchi o‘quv rejalariga muvofiq amalga oshiriladi. O‘quv mashg‘ulotlari jadvali ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarining asosan ixtisoslashgan auditoriyalar, o‘quv xonalari va laboratoriyalarda o‘tkazilishini ko’zda tutadi. Yuqori kurslarda talabalar kurs ishlarini bajaradilar. O‘quv jarayoni zamonaviy kompyuterlar, interaktiv doskalar, televizorlar va boshqa vositalar bilan to‘liq ta’minlangan. O‘rta hisobda har uchta talabaga bittadan kompyuter to‘g‘ri keladi. Yangi o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini o‘quv-uslubiy jihatdan ta’minlash bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalar, fan dasturlari, ishchi o‘quv rejalar va ishchi o‘quv dasturlar ishlab chiqilib, tasdiqlanadi. Universitet talabalarining malakaviy va pedagogik amaliyotlari o‘quv jarayoni hamda «Talabalarning malaka amaliyoti to‘g‘risida» gi nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Talabalar amaliyoti turli davlat tashkilotlari korxonalari, muassasalari, xususiy va nodavlat tashkilotlarda tashkil etilishi amalga oshirilib kelmoqda.

Universitet akademik faoliyati quyidagi vazifalarni amalga oshirishdan iborat:

- O‘quv jarayonini tashkil etish;

- O‘quv-uslubiy, me’yoriy hujjatlarni shakllantirish;

- O‘qitiladigan fanlar ro‘yxatini shakllantirish, o‘quv yuklamalarini tasdiqlash;

- O‘quv adabiyotlarni yaratish va ta’minotini olib borish;

- Talabalar kontingentini shakllantirish;

- Professor-o‘qituvchilar kontingentini shakllantirish;

- Talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini nazorat qilish;

- O‘quv-uslubiy hujjatlarining yuritilishini nazorat qilish;

- Malakaviy va pedagogik amaliyotlarining tashkil etish va nazorat qilish;

- Kurs ishi, BMI, MDlarni tayyorlash va himoya qilinishining bajarilishini nazorat qilish;