Talabalar turar joyi
Talabalar turar joyi
Talabalar turar joyi – talabaning ikkinchi uyi. Ular o`zlarini o`z uyidagidek his qilishi uchun bu yerda shunday sharoitlar yaratilganki, ko`rib havasingiz keladi. Bu yerdagi qulaylik, shinamlik, orastalik, ular uchun qayg`urayotgan ustozlar, pedagoglar hattoki, qorovullarning talaba bo`lib qolgisi keladi.
Bino universitetning ichkari bog`ida joylashgan. Bu esa talabalarning xavfsizligi uchun ayni muddao! Binoning tashqi va ichkarisi zamon talablariga mos ta’mirlanib, jihozlangan. Texnika va yong`in xavfsizligi hamda sanitariya holati talabga javob beradi. 9 qavatdan iboratdan binoning har bir qavati va xonasi talabga mos qilib jihozlangan. Har bir qavatda 12 ta yashash xonasi, oshxona, xojatxona, dush mavjud. Oshxonada zamonaviy gaz plitalari va sovutgich doimiy ishlab turadi. 1-qavatda esa yuvinish xonalari, zamonaviy kir yuvish mashinalari, dazmollar va quritish asboblari bilan jihozlangan xonalar joylashgan.
Birinchi tibbiy yordam uchun zarur dori-darmonlar bilan ta’minlangan tibbiyot xonasi talabalar xizmatida. Talabalar sog`ligi malakali hamshira tomonidan nazorat qilinadi.
Ma’naviyat-ma’rifat xonasi talabalar bo`sh vaqtlarini unumli o`tkazish uchun tashkil etilgan maskandir. Xonada televizor, kompyuter va stol-stullar mavjud. Yoshlar bu yerda kundalik va haftalik gazeta, jurnallar bilan tanishib boradi. Aytish joizki, ushbu xonada 500 ga yaqin kitob fondiga ega ko`chma kutubxona ham faoliyat olib boradi. Talabalar har doim o`z vaqtlarini unumli o`tkazishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Universitetning psixologik xizmat markazi bu yerda joylashgan bo`lib, psixolog tomonidan talabalar orasidagi psixologik muhit uzluksiz nazorat qilib boriladi. Talabalar salomatligini yaxshilashga, barkamol bo`lib shakllanishida sporyning o`rni beqiyosdir. Shu maqsadda tashkil qilingan sport-sog`lomlashtirish xonasi doimo talabalar bilan gavjum.
Bundan tashqari, ularning ovqatlanishida muammo bo`lmasligi uchun doimiy oshxona xizmati yo`lga qo`yilgan.
O`z-o`zini boshqarish mexanizmini takomillashtirish maqsadida 14 kishidan iborat Talabalar kengashi ish olib bormoqda. Bu yerdagi ma’naviy-ma’rifiy, tashkiliy, maishiy-tozalik, sport, qizlar masalasi, kitobxonlik ishlarini tashkil qilishda kengash a’zolari universitetga yaqindan yordam berishadi.
TTJdagi tarbiyaviy-pedagogik ishlarni yaxshilash uchun XTVning 2017-yil 23-avgustdagi 600-buyrug`i 4-ilovasiga muvofiq psixolog, 5-ilovasiga muvofiq tarbiyachi pedagog lavozimiga mos kadrlar tanlangan. Ular tasdiqlangan ish rejalari asosida bu yerdagi ishlarni tashkil qilishadi.
TTJdagi nazorat qilish ishlari, navbatchilik, bu yerga tashriflar, o`tkazilgan tadbirlar 6 ta daftarga qayd qilib boriladi.