Yosh ekspertlar guruhi
Yosh ekspertlar guruhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Yosh ekspertlar” guruhi tashkil etildi.
Mazkur guruhga iqtidorli va izlanuvchan, ilmiy salohiyatga ega hamda jamoat ishlarida ilg‘or 16 nafar yoshlar jalb etildi. Ular orasida yosh pedagog xodimlar, tayanch doktorant va magistrlar va bakalavriatda tahsil oluvchi talabalar bor.
Ushbu guruh universitet va mamlakat hayotidagi islohotlarga o‘z munosabatini bildira oladigan va tengdoshlarini ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtira oladigan yoshlardan iborat.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida
yangi g‘oya va tashabbuslarni shakllantirish bo‘yicha
“Yosh ekspertlar guruhi”
TARKIBI
T/R |
FISh |
Lavozimi |
Vazifasi |
1 |
Pardaev Qo‘ldosh |
Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i |
Rais |
2 |
Dustmurodov Ma'rufjon |
Yosh filolog olimlar jamiyati raisi |
Rais o‘rinbosari |
3 |
Abdiev Akmal |
Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i |
A'zo |
4 |
Rahimov Navro‘z |
Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi |
A'zo |
5 |
Atamurodov Rasul |
Axborot va zamonaviy pedagogik texnologiyalar kafedrasi o‘qituvchisi |
A'zo |
6 |
Abdurahmonova Nilufar |
Axborot va zamonaviy pedagogik texnologiyalar kafedrasi o‘qituvchisi |
A'zo |
7 |
Saidahmedova Odina |
O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi |
A'zo |
8 |
Ergasheva Gulruxsor |
O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi |
A'zo |
9 |
Ismoilov Ilyos |
1-kurs tayanch doktoranti |
A'zo |
10 |
Jovliev Ibrohim |
1-kurs magistranti |
A'zo |
11 |
Obidjonova Masuma |
1-kurs magistranti |
A'zo |
12 |
Nasrullaev Numon |
O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti 3-kurs talabasi |
A'zo |
13 |
Haydarov Muhammad |
O‘zbek filologiyasi fakulteti 2-kurs talabasi |
A'zo |
14 |
Bo‘riboev Jahongir |
O‘zbek-ingliz tarjima fakulteti 2-kurs talabasi |
A'zo |
15 |
Abdumalikov Erkinjon |
O‘zbek-ingliz tarjima fakulteti 1-kurs talabasi |
A'zo |
16 |
Tursunov Shokirjon |
O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti 1-kurs talabasi |
A'zo |
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetidagi innovatsion g‘oyalarni har tomonlama rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratish, universitet professor-o‘qituvchilari, yosh olimlar va talabalarning innovatsion texnologiyalarni yaratish borasidagi tashabbuskorligini oshirish yuzasidan tizimli ishlarni tashkil etish bo‘yicha Yosh ekspertlar guruhi
chora-tadbirlar rejasi
T/R |
Chora-tadbirlar nomi |
Muddati |
Mas'ullar |
1 |
Chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash |
2018-yil iyun |
Q.Pardaev M.Dustmurodov |
2 |
Talabalarni ilmiy faoliyatga yo‘naltirish uchun 1-kursdan ilmiy rahbar tayinlash va shu asosda ustoz-shogird tizimini yo‘lga qo‘yish |
Muntazam |
Q.Pardaev M.Dustmurodov |
3 |
Talabalarga ilmiy rahbarlik qilayotgan professor-o‘qituvchilarni talabaning konferensiyalar, shu jumladan, xalqaro konferensiyalardagi ishtiroki natijasiga ko‘ra moddiy rag‘batlantirish tizimini yaratish |
Muntazam |
Q.Pardaev M.Dustmurodov |
4 |
Talabalarga xalqaro andozalar asosida maqola yozish ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida seminarlar tashkil qilish |
Har oyda |
Q.Pardaev A.Abdiev M.Dustmurodov |
5 |
Universitet xalqaro loyihalarida talabalarning ishtirokini ko‘paytirish va xalqaro miqyosda faoliyat ko‘rsatishini ta'minlash |
Muntazam |
Q.Pardaev A.Abdiev |
6 |
Universitetda yiliga ikki marta, bahorda universitet miqyosida va kuzda respublika miqyosida turdosh oliy ta'lim muassasalari iqtidorli talabalarini jalb etgan holda sohaning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazish tartibini joriy qilish. Anjumanda eng sara maqola va ma'ruzalar mualliflari (talabalar)ni xalqaro konferensiyalarga tavsiya etish va moddiy qo‘llab-quvvatlash. |
Har yilning 16 may va 26-27 noyabr |
Q.Pardaev M.Dustmurodov |
7 |
Talabalarning respublika konferensiyasi materiallarini chop etish uchun maxsus yillik to‘plam tashkil etish |
Har yilning 26-27 noyabr |
Q.Pardaev M.Dustmurodov |
8 |
Kompyuter lingvistikasi o‘quv-ilmiy laboratoriyasini tashkil etish va talabalarning innovatsion loyihalar ustida ish olib borishini ta'minlash |
Muntazam |
Q.Pardaev N.Abdurahmonova |
9 |
Talabalar uchun ilmiy tadqiqot olib borish yo‘l-yo‘riqlari bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil qilish va ushbu seminarda o‘zaro muhokamalar olib borish |
Har oyda bir marta |
Q.Pardaev M.Dustmurodov |
10 |
Yilda bir marta turdosh universitet talabalari o‘rtasida insholar tanlovini o‘tkazish va g‘oliblarni taqdirlashni tashkil etish |
Har yili may oyida |
Q.Pardaev M.Dustmurodov |
11 |
Yosh olimlar va talabalar o‘rtasida har yili innovatsion g‘oya va tashabbuslar tanlovini o‘tkazib borish va g‘oliblarni taqdirlashni tashkil etish |
Har yili may oyida |
Q.Pardaev A.Abdiev M.Dustmurodov |
12 |
O‘quv mashg‘ulotlarini talabalarni innovatsion fikrlashga yo‘naltiradigan o‘qitish texnologiyalari va interfaol uslublarni joriy etish asosida tashkil etish |
Muntazam |
Q.Pardaev A.Abdiev N.Abdurahmonova (O‘quv bo‘limi bilan hamkorlikda) |
13 |
Universitet professor-o‘qituvchilari, yosh olimlari hamda iqtidorli talabalarini o‘zlarining tijoratbop innovatsion ishlanmalari va g‘oyalari bilan Innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar yarmarkalarida faol ishtirokini ta'minlash |
Har yili may oyida |
Q.Pardaev A.Abdiev |
14 |
Universitetda innovatsion g‘oyalarni har tomonlama rivojlantirish hamda innovatsion texnologiyalarni yaratish borasida xorij tajribasini o‘rganish va uni amaliyotga tadbiq etish. |
Muntazam |
Q.Pardaev A.Abdiev N.Abdurahmonova R.Atamuradov |
15 |
Innovatsion loyihasi mavjud talabalarni so‘rovnoma asosida aniqlash va ushbu talabalar bilan individual holda ish olib borish |
Muntazam |
Q.Pardaev A.Abdiev R.Atamuradov M.Dustmurodov O.Saidahmedova |
16 |
Talabalar ilmiy-innovatsion ishlanmalarining virtual monitoringini tashkil qilish |
Muntazam |
Q.Pardaev R.Atamuradov M.Dustmurodov |