Nashriyot
«NAVOIY UNIVERSITETI» NASHRIYOT-MATBAA UYI
«NAVOIY UNIVERSITETI» nashriyot-matbaa uyi davlat unitar korxonasi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti kengashining 2017-yil 25-fevral sanasidagi 7-sonli majlisi qaroriga ko‘ra tashkil etilgan. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektorining 2017 yil 10 mart sanasidagi 01–111-sonli buyrug‘i bilan ish boshlagan.
«NAVOIY UNIVERSITETI» nashriyot-matbaa uyi yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida 009899-sonli guvohnoma (2017 yil 7 mart), O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasidan berilgan 310-sonli nashr litsenziyasiga (2017-yil 24-noyabr), bundan tashqari, o‘zining gerbli muhri, bankda hisob raqami, va ustavi shakllantirilgan tahririyatiga ega.
Nashriyot-matbaa uyi hozircha 2 ta : ma'muriyat va tahririyat bo‘limlaridan iborat. Korxonaning matbaa va marketing bo‘limlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Nashriyot-matbaa uyining direktori - filologiya fanlari nomzodi To‘lqin Mamanazarovich Tog‘aev. U kishi korxonani boshqaradi, uning ishlab chiqarish, xo‘jalik va moliya faoliyatiga rahbarlik qiladi. (+99894 639-03-44)
Bosh muharrir — filologiya fanlari doktori, dotsent Xamdamov Ulug‘bek Abduvaxobovich (Ulug‘bek Hamdam). Ijod olamida kitobxonlarga o‘z asarlari bilan yaxshi tanish bo‘lgan adib nashriyot rejasidagi kitoblarning mazmun-mundarijasi, adabiy-badiiy saviyasi, ilmiy-nazariy nuqtayi nazardan muvofiqligini nazorat qiladi va tahririyat ishlariga bosh-qosh bo‘ladi. (+99897 344-02-41)
Direktor o‘rinbosari — Ulug‘bek Pulatovich Urunov (Ulug‘ BeK). Korxonaning marketing faoliyati, uning matbaa ijrosini ta'minlash, buyurtmachilar bilan uzviy aloqada bo‘lish va xo‘jalik ishlarida yordam berish nashriyot-matbaa uyi direktori o‘rinbosarining vazifa-majburiyatlari doirasiga kiradi. (+99890 909-54-01)
Qisqa ma'lumotlar:
- Muassisi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti;
- Tashkiliy-huquqiy shakli: davlat unitar korxonasi;
- Ustav fondi: 10 000 000 (o‘n million) so‘m;
- Faoliyat turi: nashriyot-matbaa mahsulotlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish;
- Hisob raqami: 20210000800765751001, ATIB “Ipotekabank” Yakkasaroy filiali, bank kodi: 01017;
- STIR (INN): 304720271;
- Manzili: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 103-uy, 1-qavat, 101-xona;