X

Sirtqi ta'lim

Sirtqi ta'lim

Bo'lim boshlig'i: 

Сhiniqulov  Nurmurod  Jumamurodovich

Telefon: +998977012348

e-mail: nurmurod2203@mail.ru

Ilmiy darajasi: 

filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Qabul vaqti: Dushanba va juma kunlari 9.00 dan 17.00

 

Sirtqi ta’limni tashkil etish

Sirtqi ta’lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 930-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida  NIZOM” asosida tashkil etiladi.

        

Talabalar kontingenti

1-kursda  “5111200-O‘zbek tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishi (bakalavriat) 179 nafar;

2-kursda  “5111200-O‘zbek tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishi (bakalavriat) 106 nafar;

2-kursda “5111200-O‘zbek tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishi (bakalavriat ikkinchi mutxassislik bo‘yicha) 13 nafar talaba tahsil oladi.

3-kursda “5111200-O‘zbek tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishi (bakalavriat ikkinchi mutxassislik bo‘yicha) 12 nafar talaba tahsil oladi.

 

Universitetda o‘quv jarayonini tashkil etish

Universitetda masofadan ta’lim berish platformasi (online.navoiy-uni.uz) ishlab chiqilgan. Ushbu saytga o‘quv jarayoni hujjatlari, ishchi o‘quv rejadagi fanlar bo‘yicha fan dasturlari, O‘UM, foydalaniladigan adabiyotlar va joriy e’lonlar, videoroliklar, talaba bilan birgalikdagi faoliyat, nazorat topshiriqlar, testlar va boshqa barcha o‘quv jarayoni bilan bog‘liq hujjatlar kiritilgan. Masofadan ta’limni tashkil etish uchun har bir talabaga o‘z login va paroli bilan saytga kirishga imkoni yaratilgan.

Professor-oqituvchilar

Universitetdagi “O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi”, “Axborot texnologiyalar”, Mumtoz adabiyot va folklor, “O‘zbek tilshunosligi”, “Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon”, “Xorijiy tillar”, “Sharq tillari”, “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedralarida faoliyat ko‘rsatayotgan tajribali 32 nafar professor-oqituvchilar (ulardan 7 nafari fan doktori, professor, 12 nafari (Phd) fan nomzodi, dotsent, 5 nafari katta o‘qituvchi, 8 nafari o‘qituvchi) dars mashg‘ulotlarini olib boradi.