Abituriyentlar diqqatiga

Abituriyentlar diqqatiga

Bakalavr bosqichi uchun

Barcha abituriyentlar diqqatiga!

20-iyun kuni 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlanadi.

Bunda abituriyentlar telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazib, pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlarni kiritishlari, shuningdek, imtiyozlari mavjud bo‘lsa, ularni tekshirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin.

Ta’lim yo‘nalishlarini esa 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari belgilanib, tillar kesimida tasdiqlanganidan so‘ng tanlash mumkin bo‘ladi.

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.

 Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Ro‘yxatga olish 22-iyulga qadar (22-iyul kuni ham) davom etadi va abituriyentlar 22-iyulga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin bo‘ladi.

Yoʻnalishlar boʻyicha imtihonlar quyidagicha:

Oʻzbek tili va adabiyotini oʻqitish

Ona tili va adabiyoi (3.1)

Tarix (3.1)

Noshirlik ishi

Ona tili va adabiyoti (3.1)

Chet tili (3.1)

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili

Ingliz tili (3.1)

Ona tili va adabiyoti (3.1)

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: rus tili

Rus tili va adabiyoti (3.1)

Ona tili va adabiyoti (3.1)

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: fransuz tili

Fransuz tili (3.1)

Ona tili va adabiyoti (3.1)

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: nemis tili

Nemis tili (3.1)

Ona tili va adabiyoti (3.1)

Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili

Ona tili va adabiyoti (3.1)

Chet tili (3.1)

Oʻzga tilli guruhlarda oʻzbek tili

Oʻzbek tili va adabiyoti (3.1)

Rus tili va adabiyoti (3.1)

Amaliy filologiya

Ona tili va adabiyoti (3.1)

Chet tili (3.1)

Kompyuter lingvistikasi

Ona tili va adabiyoti (3.1)

Matematika (3.1)

Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (o'zbek tili)

Ona tili va adabiyoti (3.1)

Chet tili (3.1)

Folklorshunoslik va shevashunoslik

Ona tili va adabiyoti (3.1)

Chet tili (3.1)

Magistratura bosqichi uchun

Magistratura mutaxassisliklariga qabul ikki bosqichda amalga oshiriladi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq:

2021-2022-o‘quv yili qabulida davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura (klinik ordinatura) mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Bunda:

- birinchi bosqichda davlat oliy ta’lim muassasasi tomonidan tanlangan mutaxassislikka mos fanlar bo‘yicha kirish imtihonlari;

- ikkinchi bosqichda Davlat test markazi tomonidan chet tili bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi.

Chet tili bo‘yicha tegishli darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar ikkinchi bosqichda test sinovini topshirishdan ozod qilinadilar va ularga mazkur fan bo‘yicha maksimal ball beriladi.

Magistratura mutaxassisligiga mos fanlar bo‘yicha imtihonlar natijalari imtihon o‘tkazilganidan keyin uch kun muddatda davlat oliy ta’lim muassasasi tomonidan idoralararo elektron axborot almashinuv tizimi orqali Davlat test markaziga taqdim etiladi hamda mazkur muassasaning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Abituriyentning chet tili bo‘yicha test sinovidan to‘plagan ballari to‘g‘risida ma’lumot test sinovlari o‘tkazilgan kunning ertasiga hamda magistratura qabuli bo‘yicha tanlov natijalari test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Hujjatlar magistr.edu.uz sayti orqali 1-iyuldan 30-iyulga qadar(30-iyul kuni ham) qabul qilinadi.

Magistratura uchun hujjatlarni online topshirish uchun videoqo'llanma.

Abituriyentlar imtihon kuni qanday harakatlanish va imtihon topshirish bo'yicha yo'riqnoma.