Doktorantura va mustaqil izlanuvchilik

Doktorantura va mustaqil izlanuvchilik

TAYANCH DOKTORANTURA IMTIXONI DASTURLARI

10.00.01 – O'zbek tili ixtisosligi bo'yicha tayanch doktoranturaga kirish imtihoni dasturi

10.00.02 -O'zbek adabiyoti ixtisosligi bo'yicha tayanch doktoranturaga kirish imtihoni dasturi

10.00.06 -Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo'yicha tayanch doktoranturaga kirish imtihoni dasturi

10.00.07 - «Adabiyot nazariyasi» ixtisosligi bo'yicha tayanch doktorantura (PhD)ga kirish imtihoni DASTURI

10.00.10 - “Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik” ixtisosligi bo'yicha  tayanch doktorantruraga kirish

Tayanch doktoranturaga kirish uchun xorijiy tillardan imtihon topshiruvchilar uchun dastur

10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD)ga kirish imtihon

13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti) ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranturaga kirish imtihoni dasturi

 

TOSHDO‘TAU DOKTORANTURA INSTITUTI

Universitetda 35 nafar doktorant, 49 nafar mustaqil izlanuvchi faoliyat olib boradi.

Tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) hamda mustaqil izlanuvchilik ixtisosliklari soni 9 ta:

1. 10.00.01 – O‘zbek tili

2. 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti

3. 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirm tilshunoslik va tarjimashunoslik

4. 10.00.07 – Adabiyot nazariyasi

5. 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi

6. 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti

7. 10.00.10 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik

8. 10.00.08 – Folklorshunoslik

9. 13.00.02 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi

(O‘zbek tili, o‘zbek adabiyoti)

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlariga kiruvchi talabgorlarga qo‘yiladigan talablar

Tayanch doktoranturaga va doktoranturaga qabul qilish OTM yoki ITMlari tashkil etadigan qabul komissiyalar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tanlov asosida amalga oshiriladi.

Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlarni tanlab olish kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, doktoranturaga esa - suhbat natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.

Mustaqil izlanuvchilik institutiga rasmiylashtirish suhbat natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayanch doktoranturaga kiruvchi yoki mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtiriluvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

magistr darajasi yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun),yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish;

falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan, ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlarda, tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish;

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka ikki yildan kam bo‘lmagan ilmiy-pedagogik stajga yoki aniq ilmiy yutuqqa (ixtiroga patent yoki mualliflik guvohnomasi) ega bo‘lgan shaxslar rasmiylashtiriladi.

Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar OTM yoki ITMga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  • ariza;
  • qisqacha biografik ma’lumotnoma;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik (tibbiyot fanlari uchun), oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

Doktoranturaga quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:

  • Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktoranturaga kiruvchi yoki mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtiriluvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
  • fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan ilmiy darajalar;
  • fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish.

Doktoranturada o‘qishga talabgorlar OTM yoki ITMga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  • ariza;
  • qisqacha biografik ma’lumotnoma;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

Mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan OTM yoki ITMga murojaat qiladi:

  • qisqacha biografik ma’lumotnoma;
  • falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
  • ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi;
  • fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;
  • ish joyidan tavsifnoma.

Doktorantura nizomi (PDF ilova qilinadi)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 304-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 937-son qarori

Doktorantlar maktabi. Yangi Nizom. 572-26.06.2019