Ilmiy texnik kengash

Ilmiy texnik kengash

1. Umumiy qoidalar

1.1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha xarakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi NPF-4947-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3698-sonli va 2018 yil 14 iyuldagi “Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3855-sonli qarorlari hamda Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining “Vazirlik tizimida ilmiy-texnik kengashlar tashkil qilish to‘g‘risida”gi 2015 yil 5 oktabrdagi 382-son buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2017 yil 22 maydagi 304-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017 yil 23 iyundagi 2894-son “Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi” Nizomiga asosan ishlab chiqilgan.

1.2. Ilmiy-texnik Kengash (keyingi o‘rinlarda ITK) Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti (keyingi o‘rinlarda ToshDO‘TAU) fakultetlariaro tuziladi. ITK fundamental, Davlat ilmiy-texnikaviy, innovatsion dasturlarini shakllantirish va ularni amalga oshirish ishlarini tashkil etishni boshqarib boradi.

1.3. ITK O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari hamda OO‘MTVning buyruqlari, ToshDO‘TAU Nizomi asosida faoliyat ko‘rsatadi.

2.  Ilmiy-texnikaviy kengash faoliyatining maqsadi va asosiy vazifalari

2.1 ITK ni tashkil etishning asosiy maqsadi:

  • universitetda ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali boshqarishni muvofiqlashtirish;
  • ilmiy faoliyatga oid turli tashkiliy masalalarni muhokamasiga ilmiy jamoatchilikni jalb etish;
  • ilmiy faoliyat natijalarini fan-ta’limning mos tarmoqlariga, o‘quv va ilmiy-ishlab chiqarish jarayonlariga tadbiq etishda ishtirok etish;
  • dissertatsiya natijalarining fanga, amaliyotga tatbiq etilganligi, tashkilotlar tomonidan joriy etish uchun qabul qilinganligi yuzasidan asosli hujjatlar ToshDO‘TU Ilmiy kengashida muhokama etilganidan keyin, ushbu hujjatlar ToshDO‘TAU ilmiy-texnikaviy Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilishi, ilmiy natijalaridan amaliyotda foydalanilganligi, foydalanishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlarni attestatsiya ishiga ilova qilish uchun berishni ta’minlash.

2.2 ToshDO‘TAUning ilmiy-texnikaviy kengashi faoliyati quyidagi asosiy vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan:

  • ilmiy tadqiqotlar loyihalarini olib borish va Respublikada mos sohalardagi talabni hisobga olib, ToshDO‘TAUning asosiy ilmiy-tadqiqot faoliyatini shakllantirishda ishtirok etish;
  • yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, doktorant, tayanch doktorant va mustaqil izlanuchilarni faolligini oshirish, shuningdek iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqotlarni bajarishga keng jalb etishlarini ta’minlash;
  • fan, ta’lim va ishlab chiqarishni rivojlanishini ta’minlovchi ilmiy-tadqiqotlarni bajarishda ilmiy-pedagogik xodimlarni imkon qadar keng jalb etish;
  • ToshDO‘TAU professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan monografiya va risolalarning sifati va ularning mazmunini ko‘rib chiqish va belgilangan tartibda xulosa berish;
  • ToshDO‘TAUning ilmiy va innovatsion faoliyati bo‘yicha qisqa va uzoq muddatlarga mo‘ljallangan strategik rejasini tayyorlash va amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, shuningdek yangi kalendar yil uchun ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi bo‘yicha taklif berish;
  • kompleks ilmiy-tadqiqot va loyiha ishlari va innovatsion loyihalarini bajarishda kafedralar ishini muvofiqlashtirish;
  • ToshDO‘TAUning kafedralari rivojlanish istiqbollarini, ularda o‘tkaziladigan ilmiy-tadqiqotlar yo‘nalishlarini, ularning universitet ta’lim dasturlari va mutaxassislarni tayyorlash yo‘nalishiga mos kelishini aniqlash bo‘yicha takliflar berish;
  • bajarilayotgan ilmiy-tadqiqotlar natijalarini baholash va tahlil qilish, shuningdek kafedralarning yillik rejalaridagi ilmiy ish yakunlarini monitoring qilish;
  • o‘quv-ilmiy, ilmiy-amaliy laboratoriyalarni tashkil etilishini maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqish, ularning rejalari va hisobotlarni tasdiqlash;
  • ilmiy-tadqiqot va sinov-konstruktorlik ishlari va innovatsion loyihalarning natijalari bo‘yicha hisobotlarni ko‘rib chiqish va baholash, shuningdek ularni davom ettirilishi maqsadga muvofiqligi bo‘yicha xulosa berish;
  • chop etishga tayyorlangan ilmiy ishlarni va maqolalarni muhokama qilish va ekespert xulosasini berish;
  • ilmiy-tadqiqotlar olib borish bazasidan foydalanish samarasini tahlil qilish, uni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
  • doktorant, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning hisobotlarini davriy ravishda eshitib borish va monitoring qilish;
  • fakultetlar, kafedralar ilmiy seminarlar ish faoliyati bo‘yicha xisobotlarni eshitib borish va monitoring qilish;
  • muhokama qilinishi kerak bo‘lgan takliflar, loyihalar va boshqalar bo‘yicha xulosa tayyorlash uchun ekspert guruhlarini shakllantiish;
  • “Oltin bitiklar”, “O‘zbekiston: til va madaniyat” jurnallarining faoliyati, xususan chop etiladigan maqolalarning sifati va mazmunini nazorat qilish;
  • “Oltin bitiklar”, “O‘zbekiston: til va madaniyat” jurnallariga kelib tushadigan maqolalarni tahlil qilib beruvchi ekspertlar va professor-o‘qituvchilarni belgilangan tartibda rag‘batlantirish.

3. Ilmiy-texnikaviy kengashni shakllantirish tartibi va tarkibi

  1. ITK tarkibiga: ITK raisi; ITK raisi muovini; ITK ilmiy kotibi; ITK a’zolari kiradi. ITK raisi muovini va ilmiy kotib majburiyatlari ITK a’zolarini biriga yuklatilishi mumkin.
  2. ITK universitet yetakchi olimlar va mutaxassislardan tashkil topadi. Universitet ITK raisi ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i rais muovini hisoblanadi.
  3. ITK tarkibi va undagi o‘zgarishlar ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor taqdimi bo‘yicha ToshDO‘TAU rektori buyrug‘i orqali tasdiqlanadi.

4. Ilmiy-texnikaviy kengash reglamenti

  1. ITK o‘z faoliyatini rektor tomonidan tasdiqlangan yillik ish rejasi asosida olib boradi.
  2. ITKning asosiy faoliyati rejalashtirilgan muddatda (kamida ikki oyda bir marta) kun tartibiga asosan olib borilgan majlis va kiritilgan masalalar bo‘yicha muxokama va qaror qabul qilishdan iborat.
  3. ITKning navbatdagi va navbatdan tashqari majlislariga tayyorgarlik ko‘rish ITK kotibi zimmasiga yuklatiladi. Kun tartibi loyihasi yillik ish rejasiga asosan kotib tomonidan shakllantiriladi va ITK raisi tomonidan tasdiqlanadi.
  4. ITK majlisining kun tartibi majlisdan 5 kun oldin a’zolarga yetkaziladi.
  5. ITKda ko‘rib chiqiladigan va tasdiqlanadigan hujjatlar ilmiy kotibga majlis o‘tkazilishidan 3 kun muddatdan kechiktirilmagan holda taqdim etiladi.
  6. ITKning navbatdan tashqari majlislari ToshDO‘TAU kengashi, ToshDO‘TAU rektori, fakultet kengashi va kafedralar, shuningdek ITK a’zolarining ro‘yxatdagi tarkibining uchdan bir qismi tavsiyalariga asosan o‘tkaziladi.
  7. ITK majlislari ochiq bo‘lib, unda zarurat bo‘lganda ToshDO‘TAU bo‘limlaridan vakillar, shuningdek boshqa OTM va tashkilotlarning vakillari taklif etilishi mumkin.
  8. ITK majlisida ro‘yxatdagi tarkibning yarmidan kam bo‘lmagan qismi qatnashsa o‘zining vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi. Qarorlar ochiq ovoz berish yo‘li bilan ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. ITK a’zolari bilan kelishilgan holda ayrim masalalar ro‘yxatdagi tarkib ishtirokida yashirin ovoz berish orqali ko‘pchilik ovozi bilan hal qilinishi mumkin.
  9. ITK qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomani ITK raisi yoki rais muovini va ITK kotibi imzolaydi va 3 kunlik muddat ichida bayonnomadan ko‘chirma shaklida zarur bo‘limlarga yetkaziladi. ITK a’zolari bilan kelishilgan holda ayrim muhim va prinsipial masalalarni ko‘rish va tasdiqlash bo‘yicha ToshDO‘TAU Kengashi va universitet rektoriga taqdim etilishi mumkin.
  10. Tezkor masalalarini hal qilish uchun ITK a’zolaridan iborat, shuningdek zarurat tug‘ilganda universitetning boshqa xodimlarini jalb etgan holda tarkibi 3 nafardan kam bo‘lmagan ekspert komissiyasi tuziladi.
  11. ITK raisi kengashda qabul qilingan qarorlarni bajarilishi nazoratini tashkil etadi va kengashning navbatdagi majlislarida bu haqida a’zolarga axborot berib boradi.

5. Ilmiy-texnikaviy kengashning huquqlari va majburiyatlari

5.1. ITK quyidagi huquqlarga ega:

  • Dasturlarni bajarilishi bo‘yicha universitet hamda fakultetlar bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining borishi haqida axborot olish;
  • Ekspret kengashlariga dasturlarga yangi loyihalar kiritish va ayrim loyihalarni dasturdan chiqarish, ya’ni mablag‘ bilan ta’minlashni to‘xtatish haqida takliflar berishi;
  • Xalqaro aloqalarni tashkil etish bo‘yicha takliflar kiritadi;
  • Dasturlar bajaruvchilarining oraliq va yakuniy hisobatlari hamda dasturlarning bajarilishini borishi haqidagi axborotlarni eshitish;
  • ITK majlislari protokollarini tasdiqlash;
  • ITK a’zolari tomonidan qabul qilinadigan qarorlar bo‘yicha tavsiyalar berish;

5.2. ITK a’zolari quyidagilarga majbur:

  • Kun tartibidagi masalalarni puxta va har tomonlama ko‘rib chiqish asosida qarorlar qabul qilish;
  • ITKning bevosita majlislariga kelishini ta’minlash;
  • Taqdim etilgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqishda shaffoflik shartlariga rioya qilish.

6. Yakuniy qoidalar

  1. Ushbu Nizomni va unga kiritilgan o‘zgartirishlarni ToshDO‘TAU Kengashi tasdiqlaydi.
  2. ITKning faoliyati universitet Kengashida chiqarilgan qaror asosida rektor buyrug‘i bilan tugatiladi.
  3. Tugatilgan ITKning vakolatlari universitet kengashiga beriladi.
  4. Ushbu Nizom yuzasidan kelib chiqadigan nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy-texnikaviy kengashi a’zolari ro‘yxati:

F.I.O.

Lavozimi

Ilmiy darajasi

Ilmiy-texnikaviy kengashdagi lavozimi

1.

Abdirashidov Z.

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, PhD, dotsent

ITK Raisi

2.

Jo‘raqo‘ziev N.

Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i,

PhD

ITK Raisi o‘rinbosari

3.

Sayidiraximova N.

O‘zbek tilshunosligi kafedrasi,

f.f.n., dotsent

ITK Kotibi

4.

Abdushukurov B.

O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani, f.f.d., dotsent

a’zo

5.

Sobirov A.

O‘zbek tilshunosligi kafedrasi,

f.f.d., professor

a’zo

6.

Ashirboev S.

O‘zbek tilshunosligi kafedrasi,

f.f.d., professor

a’zo

7.

Mengliev B.

O‘zbek tilshunosligi kafedrasi,

f.f.d., professor

a’zo

8.

Jabborov N.

O‘zbek adabiyoti tarixi va folklor kafedpasi, f.f.d., professor

a’zo

9.

Karimov B.

Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedpasi,

f.f.d., professor

a’zo

10.

Muxamedova S.

O‘zbek tili kafedrasi,

f.f.d., professor

a’zo

11

Jo‘raqulov U.

Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedpasi,

DSc, professor v.b

a’zo

12

Sotiboldieva S.

Sharq tillari kafedrasi,

DSc, dotsent

a’zo

13

Xamdamov U.

Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi, f.f.d., dotsent

a’zo