Nega biz?
1. BIZ O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTINI O‘QITISH BO‘YICHA BUTUN DUNYODA TAYANCH UNIVERSITET HISOBLANAMIZ.
Bu esa sizga o‘z sohasining ekspertlari, eng yaxshi mutaxassislari dars berishini anglatadi. Ularning tadqiqotlari dunyoni yaxshiroq qilishga va sizning ta’limingizga bevosita ta'sir qiladi.
2. FANLARARO VA XALQARO O'QUV DASTURLARI
Universitet 5-ta magistratura, 9-ta magistratura va 10 dan ortiq doktorlik dasturlarini taklif etadi.
- Til va tilshunoslik
- Adabiyot va matnshunoslik
- Tarjima va gid hamrohligi
- Turkologiya (Turkiy va O'rta Osiyo tadqiqotlari) va dialektologiya
- Ijtimoiy va gumanitar fanlar
Universitet talabalarining taxminan 8 foizi chet elliklardir. Universitet ikkita qo‘shma dasturini ishlab chiqilgan va o'zbek, ingliz, turk tillaridagi ta’lim va qo‘shma diplom olish imkoniyatini taklif etadi. Alisher Navoiy universiteti ERASMUS+ dasturida ishtirok etish uchun ham istiqbolli ta’lim muassasasidir.
3. YUQORI MALAKALI O‘QITUVCHILAR TARKIBI.
Universitetda 300 ga yaqin xodim ishlaydi, ulardan 200 ga yaqini mahalliy va xalqaro professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilardir. Ularning barchasi ilmiy salohiyati va malakalarining sifati bilan tanilgan.
4. BIZ SIZNI ISHGA TAYYORLAYMIZ.
96% bitiruvchilarimiz ta’limdan keyin ishga joylashishadi, ularning 73% yuqori malakali, tajribali xodimlar bilan birga ishlashadi. Biz universitetda berilayotgan bilim amaliyot bilan uyg’un ekanligiga ishonamiz. Siz buni ilk ishga joylashgan kuningizdanoq his qilishingiz mumkin. Barcha o‘quv dasturlarimiz tajriba oshirish, amaliyotga chiqish imkoniyatlarini ko‘zda tutadi. Biz talabalarimizga ish o‘rinlari yaratish uchun 5 mingdan ortiq tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlaymiz. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Innovatsiya vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, xorijiy elchixonalar, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, shuningdek BMT, UNESCO, UNDP, UNICEF kabi ko‘plab nufuzli tashkilotlar shular jumlasidan.
5. DOIMO QO‘LLAB-QUVVATLAYMIZ!
Tashrifingizning ilk haftalaridanoq siz bilan uchta maslahatchimiz birga bo‘ladi: biri sizning konsullik savollaringiz va joylashuvingiz, ikkinchisi ta’lim jarayonida, uchinchisi shaxsiy masalalarda yordam beradi. Ular har qadamda siz bilan birga bo‘ladilar va ko‘maklarini ayamaydilar.
6. BIZ POYTAXT MARKAZIDAMIZ
Toshkent - O‘zbekistonning poytaxti. Aholisi 2,5 million kishidan iborat bo‘lgan megapolis. Shahar o‘z ichiga ko‘plab ko'cha va xiyobonlar, yashil maydonlarni, betakror favvoralarni qamrab oladi.
Toshkent – dunyoning eng go‘zal shaharlaridagi zamonaviylik va o‘ziga xos milliy uyg‘unlikni o‘zida jamuljam qilgan. O‘rta asrlar me’morchiligining nafisligi, Yevropa arxitekturasining jozibasi, ko‘p qavatli go‘zal binolar O‘zbekistonning yangi qiyofasini aks ettiradi
7. SIZGA TURAR JOY TAQDIM ETAMIZ
O‘qishingizning birinchi yilidanoq universitet qaynoq hayotining markazida, talabalar turar joyida yashashingiz mumkin. Yotoqxona universitet binosi ichida joylashgan. Shu sababdan siz ma’ruzalardan 3 daqiqadan ozroq masofada, har doim xavfsiz va xotirjam bo’lasiz.
8. XALQARO ALOQALAR
Bu yerda sizning xorijga sarguzashtlaringiz boshlanadi. Biz hayotingizni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan chet el sayohatlarini taklif qilamiz. O‘z xohishingizga qarab xorijiy davlatda o’qishingiz, ishlashingiz yoki volontyorlik bilan shug‘ullanishingiz mumkin. Biz dunyoning 50 dan ortiq universitetlari bilan almashinuv shartnomalari tuzganmiz. Shu sababdan ham sizda Xitoy, Turkiya, Rossiya, Yevropa, Hindiston yoki AQShda ta’lim olish yoxud malaka oshirish imkoniyati mavjud.