Yana bir xalqaro hamkorlik shartnomasi imzolandi


Bu shartnoma ilmiy tadqiqotlar va tarjima sohasida hamkorlikni o'zida aks ettirgan.

21-oktabr kuni O'zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistonidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ulug'bek Maqsudov ishtirokida Axborot va arab-rus tadqiqotlari markazi (Riyoz, Saudiya Arabistoni)i va ToshDO'TAU Sharq tillari kafedrasi o'rtasida "Ilmiy tadqiqotlar va badiiy tarjima" sohasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Ushbu shartnoma ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va madaniy aloqalarni sohasida hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida quyidagi yo’nalishlarda faoliyat olib borishga qaratilgan:

-  O’zbek va rus tillaridan arab tiliga hamda arab tilidan o’zbek va rus tillariga badiiy tarjima sohasida hamkorlikni amalga oshirish;

-  Ilmiy tadqiqolar o’tkazish, maqolalar va ilmiy tadqiqotlarni chop etish, (tegishli ilmiy sohalarda yetakchi mutaxassislarni jalb etgan holda) o’zaro ilmiy ma’lumotlar almashish;

-  O’zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistonida hamkorlikda ilmiy anjumanlar (seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari) tashkil etish;

-  Tomonlar bazasida madaniy-ma’rifiy va ta’lim dasturlarini amalga oshirishga ko’maklashish;

-  Yuqorida ko’zda tutilgan maqsadlarni amalga oshirish ko’maklashuvchi hamkorlikning boshqa yo’nalishlarini va shakllarini rivojlantirish.