Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi

  Kafedra mudiri:

  Xolikov Bahodir Alikulovich

 

Tel: +99890 9434380​

  Ilmiy darajasi: 

  Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

 

xoliqov@navoiy-uni.uz

“Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-4797-sonli Farmoni bilan tashkil topgan universitetning yetakchi kafedralaridan biri sanaladi. Kafedrada tarjima bilan bog‘liq vazifalar, asosan, ilmiy,badiiy va boshqa sohalardagi adabiyotlarni o‘zbek tilidan ingliz va boshqa xorijiy tillarga, shuningdek, jahon tillaridan ona tilimizga yuksak sifat va mahorat bilan tarjima qiladigan tarjimonlar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor berilgan.

       O‘rganilayotgan til vositasida tarjimaning nazariy muammolari va ularning amaliy yechimi borasida tarjimashunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilish mazkur fan doirasida amalga oshiriladi. Zamonaviy tarjima nazariyasi va amaliyotida umume’tirof etilgan tendensiyalar, tarjima turlari va usullari, tarjimaning rivojlanish bosqichlari, leksik semantik va grammatik muvofiqlik ketagoriyalari, tarjimaning janr xususiyatiga ko‘ra turlari va ularda qo‘llaniladigan uslublar tillarning lingvomadaniy va lingvogeografik xususiyatlari mazkur fan doirasida o‘rganiladi.

      Kafedrada Badiiy tarjima,Tarjima nazariyasi va amaliyoti,Tarjima tanqidi kabi fanlarni o‘qitishdan maqsad, ixtisosligi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarga mazkur fanlar borasida umumiy nazariy tushunchalar berish.Til sohasida to‘plangan nazariy bilimlarni tarjimachilikning muayyan turlariga yo‘naltirish.Tarjimonlik sohasiga qobiliyati bor yoshlarda dastlabki fundamental tushunchalarni hosil qilishdan iborat.

      Kafedrada Jahon adabiyoti va O‘zbek va jahon adabiyoti fani ham mavjud bo‘lib ushbu fan adabiy-estetik qadriyatlarning milliy va umumbashariy jihatlari, jahon adabiyoti tarixini o‘rganishning millat hamda jamiyat ravnaqidagi o‘rnini talabalarga tushuntirish, ularda badiiy asarni mukammal tushunish, tahlil va tadqiq etish malakasini hosil qilish, jamoatchilikni jahon adabiyotidagi mazmun va shakl, mavzu va g‘oyaning mohiyati bilan tanishtirishga ko‘maklashish, jamiyatning ma’naviy manzarasini adabiy-nazariy tafakkur orqali aks ettirish, jahon adabiyoti durdonalarini mukammal o‘rganish orqali talabalarning badiiy tafakkurini takomillashtirish uchun ko‘rsatmalar beradi. Fanning maqsadi esa, talabalarni jahon adabiyotining barkamol na`munalari bilan tanishtirish, jahon adabiyotshunosligining ilmiy-nazariy xususiyatlarini, davrlar osha badiiy xususiyatlarning eng muhim qirralari bilan tanishtirishdan iborat.

     Ta’lim jarayoning samaradorligi bu ilmiy tadqiqotlar va ta’lim tizimining o‘zaro uzviy bog‘langanligi bilan belgilanadi. Hozirgi kunda kafedra a’zolarining asosiy qismi o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarish sohasida ularni muvaffaqiyatli joriy etishgan. Bunday muvaffaqiyatga sabab ularning o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha bilim va malakaga ega ekanligidir.

    Kafedra qoshida kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan “Tahlil” va “Yosh tarjimon ijodxonasi” to‘garaklari tashkil etilgan.Ushbu to‘garakda o‘zbek va jahon adabiyotining mashhur durdona asarlari tarjimasi va tahlili talabalar o‘rtasida muhokama qilinadi.

Fakultet Tarjima nazariyasi va amaliyoti sohasi bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlaydi:

  • 5120900 - Tarjima nazariyasi va amaliyoti

Namunaviy oraliq va yakuniy nazorat savollari:

Tarjima amaliyoti fanidan test savollari

Jahon adabiyoti fanidan nazorat savollari va topshiriqlari

Jahon adabiyoti test

Kafedrada quyidagi ustuvor vazifalarni bajarish rejalashtirilgan:

  • Xorijda nashr qilingan saralangan adabiyotlar asosida zamonaviy talablarga javob beradigan o‘quv adabiyotlarini yaratish;
  • Barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tiladigan fanlarning o‘quv-uslubiy ta’minotini yaratish va ularni zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida talabalarga yetkazish;
  • Elektron ta’lim tizimi kontentini shakllantirish;
  • Talabalar uchun mustaqil ta’limni elektron ta’lim tizimi asosida tashkil etish;
  • Bitiruvchi talabalarni kasbga yo‘naltirish maqsadida korxonalar bilan tarjimonlik sohasida uzviy aloqalar o‘rnatish;
  • Xorijda nashr qilingan adabiyotlarning doimiy monitoringini olib borish;
  • Ta’limning yangi innovatsion texnologiyalarini joriy etishga talabalar va o‘qituvchilarni ilmiy tadqiqot o‘tkazishga jalb etish;
  • Respublikamizda va jahon miqyosida kafedra sayti orqali kafedraning elektron ta’lim resurslarini taqdim etish;
  • AKTning tarjimonlik ta’lim yo‘nalishlari bilan integratsiyasi asosidagi ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqish va yangi o‘quv rejalar shakllantirish;

           O‘zbek adabiyotidagi poetik tasvirlarni ingliz tilida sof badiiy tarjima qilinishi uchun zamin yaratish;

- Prezident farmon va qarorlari, topshiriqlari hamda VM qarorlaridagi “O‘zbek adabiyotidan xorijiy tillarga badiiy tarjima” ishlarini kuchaytirishga oid vazifalar ijrosi ta’minlanadi; 

- o‘zbek tilidan ingliz tiliga badiiy tasvir lug‘atlari yaratishning tamoyillarini ishlab chiqish;

- badiiy asar tarjimonlarining texnik ta’minoti hisoblanmish hozirgi kunda O‘zbekistonda o‘z muqobiliga ega bo‘lmagan elektron android poetik lug‘at yaratish;

- ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli ijodkor yoshlarni badiiy tarjima va ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, ularning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun shart-sharoit yaratish;

- oliy o‘quv yurtida ta’lim olayotgan iste’dodli yoshlarni badiiy tarjima degan sermashaqqat ishga jalb etishda zamonaviy o‘zbek va ingliz tillarining innovatsion parallel korpusli lug‘atini yaratishga oid ilmiy tadqiqotlar olib borish;

- lug‘at amaliyotga joriy etilgach, o‘zbek adabiyotidan ingliz tiliga badiiy tarjima ishlarini maksimal darajada yengillashtish;

- badiiy tarjimalar saviyasini oshirish, asliyatdagi syujet, kompozitsiya va badiiy tasvirning xorijlik retseptorga adekvat yetib borishi ta’minlash;

 Kafedraning ilmiy yo‘nalishlari: Badiiy tarjimaning nazariy va amaliy masalalari

Kafedrada amalga oshirilayotgan xalqaro va mahalliy loyihalar:

- Odilova Gulnoza Komiljonovna (loyiha kordinatori) xalqaro ERASMUS dasturi loyihasida 2020-1-ES01-KA107-078199 CREDIT MOBILITY STAFF AND STUDENT EXCHANGE (MALTA UNIVERSITY) (2020-2022) 

Kafedra dotsenti v.b. G.Odilova tomonidan 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan I-OT-2019-42 O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” mavzusida davlat dasturi asosida maqsadli grant yutib olindi.

- B.Xolikov rahbarligida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilishi 2020-2023 yillarga mo‘ljallangan F3-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi grant yutib olindi.

Ilmiy ishni muvaffaqiyatli himoya qilgan professor-o'qituvchilar

Kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan nashr etilgan o'quv adabiyotlari va monografiyalar

Kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan chop etilgan ilmiy ishlar

Kafedra tarkibi:

Qosimboy Mamurov

Lavozimi: kafedra professori v.b., f.f.n.

Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich

Lavozimi: kafedra dotsenti, f.f.d.

Odilova Gulnoza Komiljonovna

Lavozimi: kafedra dotsenti, f.f.d.

Bumatova Aidaxon Merganovna

Lavozimi: kafedra katta o'qituvchisi, PhD

Mustanova Shahnoza Rustamovna

Lavozimi: kafedra katta o'qituvchisi

Hakimjonova Ra’no Olimjon qizi

Lavozimi: kafedra o'qituvchisi

 

Xamidova Moxinaxon Alisherovna

Lavozimi: kafedra o'qituvchisi

 

Qurbonova Ozoda Ravshanovna

Lavozimi: kafedra o'qituvchisi

Sunnatov Ortiq Murodovich

Lavozimi: kafedra katta o'qituvchisi

Xursanov Nurislom Iskandarovich

Lavozimi: kafedra o'qituvchisi

 

Sheraliyeva Aziza Utkurovna

Lavozimi: kafedra o'qituvchisi

Abdullayeva Umida Rahmatovna

Lavozimi: kafedra o'qituvchisi

Sabirova Zebo Zokirovna

Lavozimi: kafedra o'qituvchisi

 

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

1. Amaliy sinxron tarjima

2. Amaliy xorijiy til

3. Badiiy tarjima

4. Globallashuv davrida adabiyot

5. Ilmiy-texnik matnlar tarjimasi

6. Ixtisoslashtirilgan tarjima

7. Jahon adabiyoti 

8. Jahon adabiyoti: qiyosiy aspekt 

9. Jahon va o'zbek adabiyoti 

10. Lug'at tuzish tamoyillari

11. Mutolaa madaniyati va ifodali o'qish

12. Og'zaki tarjima

13. Og'zaki tarjimaning lingvokulturologik aspektlari

14. O'zbek va jahon adabiyoti

15. Qiyosiy adabiyotshunoslik

16. Sinxron tarjima

17. Sinxron tarjimaning ilmiy tadqiqot metodologiyasi

18. Siyosiy matnlar tarjimasi

19. Sohaviy tarjima

20. Tanlov fan: og'zaki tarjima mahorati

21. Tarjima nazariyasi va amaliyoti (badiiy, ilmiy-texnik, sinxron)

22. Tarjima nazariyasi va amaliyoti

23. Tarjima tanqidi

24. Terminlar tarjimasi 

25. Til va madaniyat

26. Xalqaro tashkilotlar va anjumanlarda sinxrin tarjima

27. Yozma tarjima

28. Культура речи и выразительное чтение

29. Теория и практика перевода

30. Язык и культура